3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 51.07 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi51.07 Kb.
#1440440
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 McCarthy, O\'Dell English vocabulary in use pdf

MAVZU. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA.




Reja:
1.Hujjatlar haqida tushuncha va ularining rekvizitlari.
2.Hujjatlarning turkumlanishi va ularning ahamiyati.
3.Inventarizatsiya va uning turlari.
4.Invetarizatsiyani o’tkazish tartibi va uning natijalarini rasmiylashtirish.
1.Hujjatlar haqida tushuncha va ularining rekvizitlari.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish asosiy talab hisoblanadi.

Amalga oshirilgan har qanday operatsiya yoki hisob kitob buxgalteriya hujjatlarida uz
aksini topishi kerak.
Hujjat bu xo’jalik operatsiyalarining haqiqatdan amalga oshirilganligini isbotlovchi yozma dalildir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi metodining muxim elementlaridan biridir. Chunki buxgalteriya schyotlariga yoziladigan operatsiyalar faqat hujjatlarga asosan yoziladi. Xo’jalik operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish hujjatlashtirish deyiladi.
Hujjatlar xo’jalik operatsiyasi to’q’risida to’liq ma'lumot berish va uz vaqtida to’q’ri to’lg’azilishi lozim. qu7kjatlar vositasida moddiy-javobgar shaxslar hisobidagi tovar-moddiy boyliklariing qoldig’i va harakati (kelib chiqish, berilishi), ularning saqlanishi tekshirilib turiladi. Hujjatlar asosida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi qonuniyligi aniqlanadi. Shuning uchun ham hujjatlar ushbu operatsiyani bajarishga buyruq bergan va amalda bajargan shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini taftish qilganda ham hujjatlarga asoslanadi. Hujjatlar sud-buxgalteriya ekspertizasi, ya'ni zarur bo’lgan paytlarda tergov organlari, prokuratura, sud yoki arbitiraj ishlarini olib borishda dalil bo’lib xizmat qiladi.
Har bir hujjat ma'lum bir ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Hujjatlarda qayd qilingan (aks ettirilgan) xo’jalik operatsiyalarini harakterlovchi ko’rsatkichlar shu hujjatning rekvizitlari deb ataladi.
Rekvizit lotincha suz bo’lib «talab qilinadigan»,kerakli degan ma'noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risida»gi Qonunning 9-
moddasida hujjatlarda quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi talab qilinadi:
-korxonaning (muassasaning) nomi;
-hujjatlarning nomi va raqami;
-hujjatlar to’zilgan sana ( yil,oy,kun) va joy;
-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni to’q’ri rasmiylashtirishga ma'sul shaxslar shaxsiy imzolari.
Operatsiyalarning mazmuni va harakteriga qarab, hujjatlarda yuqoridagi majburiy rekvizitlardan tashqari qo’shimcha rekvizitlar ham bo’ladi. Hujjatlarning hammasi uz vaqtida aniq tushunarli holda talab qilinishiga qarab bir nusxada,ikkita,uchta va undan ortiq (oddiy kalamda to’lg’azish mumkin emas) sharikli ruchka pastasida.yozuv mashinkasida yoki hisoblash mashinalari vositasida yozilishi kerak. Kassa kirim va chiqim orderlari va bank cheklari bir nusxada xatosiz tuldirilishi kerak. Xukumatimizning hisob ishlarini soddalashtirish va arzonlashtirish to’q’risidagi qarorlariga asosan, xozirgi paytda ko’pgina operatsiyalar bo’yicha hujjatlarning unifikatsiyalashgan va standartlashgan namunali shakllari qabul qilingan. Masalan kassa kirim va chiqim orderlari hamma korxona va tashkilotlar uchun bir xil shaklda. Unifikatsiya deb bir turdagi operatsiyalarni yagona shakldagi hujjat bilan rasmiilashtirishga aytiladi.

Download 51.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling