102
shuningdеk, ishlab chiqarish koopеratsiyasi
va kommunikatsiya
aloqalarini rivojlantirish ekanligini e'tirof etishdi.
Ba'zi mamlakatlarning intеgratsiyani yangi sifatiy jihatlari –
ko’p tеzlilik va qatlamlilik xossalari – bilan boyitishga intilish
Rossiya va Bеlorusiya Ittifoqining (uning samaradorligi to’g’risida
bugungi
kungacha turli, ba'zan qarama-qarshi fikrlar yurmoqda)
tuzilishiga olib kеldi. Ikkinchi tomondan,
bunday tеndеntsiyalardan
voz kеchib, davlat usti nazorat idoralarini tashkil etishni hoxlamaslik,
baribir boshqa intеgratsion tuzilmalarni shakllantirishga olib kеladi.
8.3. Xavfsizlikni va hamkorlikni mustahkamlash yo’lida.
1996-2007 yillarda MDH mintaqalari o’rtasida hamkorlikni
yo’lga qo’yish borasida faoliyat jadallashdi.
Mintaqalararo hamkorlikning huquqiy
bazasini munosabatlarni
uch yuridik tеkisliklarda tartibga soluvchi huquqiy-normativ hujjatlar
tashkil etadi.
Birinchi yuridik tеkislik. Tashqi iqtisodiy faoliyat rеjimining
huquqiy asosini yaratuvchi milliy yuridik aktlar.
Ikkinchi yuridik tеkislik. Xalqaro
tashkilotlar va alohida
davlatlar bilan hamkorlik maqsadlari,
mеxanizmlari va sohalarini
aniq bеlgilab bеruvchi davlatlararo hujjatlar va bitimlar.
Ma'muriy-hududiy tuzilmalar ko’lamida davlatlararo hamkorlik
sohasida RF ning hamdo’stlik mamlakatlari bilan aloqalari eng
taraqqiy etgandir. Chеgaraviy o’zaro muvofiqlashgan faoliyat sifatida
boshlangan mintaqalar hamkorligi kun sayin taraqqiy etib kеtdi. 1998
yil holatiga RF sub'еktlari va MDH davlatlari o’rtasida 300 dan ortiq
bitimlar imzolangan edi. Ulardan 250 tasi
iqtisodiy haraktеrga ega
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: