Korxonalar o‘zlarining yaqin kelajakda kutilayotgan harajatlari va to‘lovlari uchun , masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, xodimlarga mehnat ta’tili hisoblash uchun va boshqalar uchun, rezerv tashkil qilishlari mumkin. Bunday rezervni tashkil etishdan asosiy maqsad bo‘lib kutilayotgan harajat va to‘lovlarni hisobot yili oylari bo‘yicha teng taqsimlab borish hisoblanadi. Rezerv tashkil qilishning me’yorlari va tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilangan bo‘lishi lozim. Tashkil etilgan rezerv korxonaning harajatlariga olib boriladi va u quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |