Axborot nima? Аxborot atrof-muhit obyektlari va xodisalari


Download 1.4 Mb.
Sana22.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1222853
Bog'liq
Rahimov Murodbek


  • Axborot nima?

Аxborot - atrof-muhit obyektlari va xodisalari,
ularning o’lchamlari, xususiyatlari va xolatlari
to’g’risidagi ma’lumotlardir.
1960-yillarda Fransiyada “Informatika” atamasi
yuzaga kelgan boʼlib, axborot informatio soʼzidan
olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish
yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot
maʼnosini anglatadi.
Umuman Аxborot atrof muhitdan, (tabiatdan yoki
jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz,
teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday
Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar
mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash
uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar
ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning
o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1
bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda
signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi.
Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi.
Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud:
1 bayt = 8 bit;
1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt;
1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt;
1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb=230 bayt =1 073 741 824 bayt;
1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt;
1 petobayt(pb) =210tb=1024tb=250 bayt=1125899906842624 bayt;Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar
mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash
uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar
ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning
o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1
bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda
signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi.
Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi.
Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud:
1 bayt = 8 bit;
1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt;
1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt;
1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb=230 bayt =1 073 741 824 bayt;
1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt;
1 petobayt(pb) =210tb=1024tb=250 bayt =1125899906842624 bayt;
"Bit" so`zi “Binary digit” - “Ikkilik son” so'zlarini qisqartirish
natijasida olingan bo`lib, ikkilik raqam, ya'ni faqat ikkita qiymatni
oladigan son - 0 yoki 1 degan ma’noni bildiradi. Sakkizta bitlar
ketma-ketligi yoki boshqacha qilib aytganda, sakkizta 0 va 1 ikkilik
belgilar (masalan, 10001101) bayt deb ataladi. 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter klaviaturasidagi har qanday belgi (katta yoki kichik
harflar, raqamlar, belgilar, shu jumladan bo'sh joy belgisi) hajmi 1
baytni tashkil qiladi.
Endi biz matnning ma'lumot hajmini hisoblashimiz mumkin.

Undagi belgilar sonini hisoblash kerak. Olingan qiymat baytlarda


ko'rsatilgan ma'lumotlar hajmi bo'ladi.
Masalan, hujjat 30 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada har biri 70
belgidan iborat 50 satr, shu jumladan so'zlar orasidagi bo'shliqlar
mavjud. U holda har bir sahifada 70 * 50 = 3500 bayt ma'lumot, va
butun hujjatda esa - 3500 * 30 = 105000 bayt bo'ladi. Natijadan
ko'rinib turibdiki, atigi 30 varaqni o'z ichiga olgan hujjat hajmi katta
son bilan belgilanadi. Gidromelioratsiya so’zida nechta bit bor?
Axborotlarni himoyalash
Axborotlarni himoyalash ularni
kodlash(shifrlash) orqali amalga oshiriladi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida
komyuterda qayta ifodalash shu axborotni kodlash
deb ataladi.
Axborotni himoyalashning bir necha usullari
mavjud bo’lib, ular axborotdagi belgilarni boshqa
belgilarga almashtirish, axborotdagi belgilarni sanoq
Axborotlarni himoyalashsistemalari orqali ifodalash va h.k.lar












Axborot tеxnologiyalari dеb — biror ob’yеkt holati haqidagi
yangi, sifatli axborotga ega bo’lish uchun, birlamchi axborotni yig’ish,
qayta ishlash va uzatish vositalari yig’indisidan foydalanish jarayoniga
aytiladi.
Axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi
uning axborotlashtirish darajasi bilan baholanadi.
Аxborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida ham mavjud boʼlgan boʼlsada, hozirgi zamon
axborotlashgan jamiyatining oʼziga xos hususiyati shundaki,
sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab
chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va
moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik
qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar
orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda.
Аxborot texnologiyalari bir necha bosqichlarni bosib oʼtdi:
1 . XIX asrning 2 – yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda Premexanik (Insonlar
oʼrtasidagi qo’llik muloqot) «qoʼllik» axborot texnologiyalari taraqqiy etgan.
Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya yaʼni aloqa odamdan –
odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2. XIX asrning oxiri, unda «mexanik»(Muloqot o’rnatishda qurilmalardan
foydalanish) texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi,
arifmometr kabilardan iborat.
3. XX asrning boshlariga mansub boʼlib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan
farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan.
4. XX asr oʼrtalariga toʼgʼri kelib, «elektron»(Mikrosxemalarning paydo boʼlishi)
texnologiyalar qoʼllanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi
EHMlar va ularning asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5. XX asrning oxiriga toʼgʼri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari
taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga moʼljallangan turli
dasturiy vositalarga ega boʼlgan shaxsiy kompyuterlardir
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin
tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni
aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona
maqsad yoʼlida bir vaqtning oʼzida ham yaxlit, ham
oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi
elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak,
har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yoʼlida xizmat
qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish
yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va
uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va
shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Qullanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi
sinflarga ajratish mumkin:
- Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish (axborot
tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik
axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish)
- Loyihalashtirishni avtomatlashtirish(axborot tizimlari yangi
texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis
loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish)
- Tashkiliy jarayonlarni boshqarish(shaxslar funksiyalarini
avtomatlashtirish uchun)
- Texnologik jarayonlarni boshqarish(axborot tizimi turli
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun muljallangan
(moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya,
energetika va hokazolar)
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni
rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni
demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini
jadallashtirishni taʼminlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish
tushuniladi. Jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha
jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogʼlik
obʼektiv jarayon hisoblanadi va bu jarayonni 5 asosiy yoʼnalishga
ajratish mumkin:
- Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini
avtomatlashtirish;
- Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarishni
axborotlashtirish;
- Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni axborotlashtirish;
- Аholiga xizmat koʼrsatish sohasini axborotlashtirish;
- Talim va Kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish
Avtomatlashtirish – deganda inson ishtirokisiz biror
bir mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
tushuniladi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish –
mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va
boshqarsh ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga
yuklash hisoblananadi. Fan va texnika taraqqiyotining
asosiy yo’nalishlaridan biridir. Mehnat unumdorligi,
mahsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar
ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yuqori darajaga ko’tarish
imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman(lokal), yalpi
(kompleks) va to’la avtomatlashtirish bosqichlari mavjud.
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling