3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
“Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” -
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
9030 “Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik schyot asosan qurilish tashkilotlari va xizmat sohasi korxonalarida, shuningdek asosiy faoliyatidan tashqari ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa turdagi korxonalarda ishlatiladi. Schyotning kreditida bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromad yil maboynida ularga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planib boradi. Ish va xizmatlarni sotish usullariga qarab 5010 “Kassa” schyoti, 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9030 “ Bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar” schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Sotilgan mahsulotlar, tovarlar , ish va xizmatlar turli sabablarga ko‘ra korxonaga qaytarilishi mumkin. Bunday holda qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarning qiymati maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9040 “ Sotilgan tovarlarni qaytarilishi” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 5010 “Kassa”,4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar kreditlanadi. 9040“ Sotilgan tovarlarni qaytarilishi” schyotining debetida to‘plangan summa mos ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schyot yopiladi. Qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha sotish tannarxi va sotishdan olingan QQS summasini aks ettiruvchi schyotlarga ham tuzatishlar qilinadi. Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda haridorlar va buyurtmachilarga tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra turli miqdorda chegirmalar ham berilishi mumkin. Bunday chegirmalar summasi maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9050 “ Haridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar kreditlanadi. 9050 “Haridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida to‘plangan summa mos ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schyot yopiladi. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishda berilgan chegirmalar summasi sotishdan olingan daromadlar summasini kamaytiradi. Korxonalar daromadlarining analitik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarning sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha olib boriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling