3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar


Download 0.61 Mb.
bet172/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, TMB larni qayta baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.

Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va favqulotdagi daromadlarga bo‘linadi.

Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividendlar va foizlar, ijobiy kurs farqlari ko‘rinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi.

Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi doimiy harakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi.



13- chizma. Korxona daromadlarining tasnifi

Korxona daromadlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:



  • Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va baholash;

  • Daromadlarni to‘g‘ri guruhlash va tegishli schyotlarda aks ettirish;

  • Daromadlarni soliqlarga munosabatini to‘g‘ri belgilash;

  • Daromadlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling