9370 “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar” – ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan ( sog‘liqni saqlash bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi va boshqa muassasalari, sanatoriylar, oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9370- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |