2. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Download 50.46 Kb.
|
[OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang); 2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik; 3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi] [TSZ: 1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; 2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga asosan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasidan foydalanish, shu jumladan, kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga muvofiq “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron platforma) orqali ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: davlat dasturlari doirasida kredit olish uchun arizalarni barcha bosqichlarda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali onlayn tarzda ko‘rib chiqish; kredit ajratish bo‘yicha hujjatlarni elektron ko‘rinishda shakllantirish; kreditlarni Yagona elektron platforma orqali, belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra avtomatlashtirilgan holda ajratish; hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalarni taqdim etish; ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlarni Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida erkin sotib olish yoki sotish; mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan qarz oluvchilarga marketpleys tizimida tanlagan tovar va xizmatlarni yetkazib berish va ushbu tizim orqali elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yagona elektron platformani takomillashtirib borish; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlash; mahsulot yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlarini Yagona elektron platformada ishtirok etishga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar va loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid maxsus ko‘rsatuvlar, ijtimoiy reklamalar va roliklarning muntazam namoyishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin. 4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev — hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘rishga mas’ul hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2022-yil 8-iyul, 373-son Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qaroriga ILOVA Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlarni Yagona elektron platforma orqali ajratish tartibini belgilaydi. 2. Dasturlar doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholiga qo‘shimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini ta’minlash maqsadlari uchun ajratiladi. 3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling