2. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Download 50.46 Kb.
|
hududiy markazlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari;
tuman (shahar) markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika bo‘linmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi bo‘limi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘linmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari; hokim yordamchisi — har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlangan shaxs; qarz oluvchi — tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer ho‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda hunarmandlar; tavsiyanoma — hokim yordamchisi tomonidan o‘ziga biriktirilgan mahallada qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, dasturlar doirasida kreditlar hisobidan o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini puxta o‘rganish orqali kredit ajratish to‘g‘risidagi xulosa asosida beriladigan tavsiya; Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling