Oilaviy tadbirkorlik
Download 24.16 Kb.
|
OILAVIY TADBIRKORLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaviy korxona
- Oilaviy korxona ishtirokchilari
OILAVIY TADBIRKORLIK Reja: Oilaviy korxona Oilaviy korxona ishtirokchilari Oilaviy korxona boshlig‘i Mehnatga layoqatli yoshga to‘lmagan shaxslarning oilaviy korxonadagi ishtiroki Narxlash iqtisodiyoti Oilaviy korxona Oilaviy korxona – ishtirokchilarning umumiy mol-mulki, shuningdek uy-joyga bo‘lgan umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki negizida ularning shaxsiy mehnati asosida tovarlarni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi oilaviy tadbirkorlik sub’yekti hisoblanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik sub’yektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Oilaviy korxona kichik tadbirkorlik sub’yeklari sirasiga kiradi. Oilaviy korxona faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat olib borishi mumkin. Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Oilaviy korxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarni yollashi mumkin. Oilaviy korxona ishtirokchilarini hisobga olgan holda ishchilarining umumiy soni kichik korxona va mikrofirmalar uchun o‘rnatilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilari soni kami bilan ikki kishi bo‘lishi shart. Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilgan mol-mulkdan foydalanishi mumkin. Oilaviy korxonaning firma nomi uning nomi, shuningdek "Oilaviy korxona" degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomi va "OK" abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxona ishtirokchilari Er-xotin, ularning tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singil hamda ularning er-xotinlari, mehnatga layoqatli yoshdagi bolalari va nevaralari hamda ularning er-xotinlari (shu jumladan farzandlikka va oilaga tarbiyaga olingan bolalar), tog‘a va amaki (tog‘a) va amma (xola) hamda ularning bolalari, er-xotinning ota-onalari (shu jumladan farzandlikka oluvchilar va vasiylar) oilaviy korxonaning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling