Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 4000 “Olinadigan schyotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar hisobi schyotlari” va boshqa chet el valyutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar schyotlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e’lon qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning debetida va 9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |