Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” schyotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi.
Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”, 5800 “ Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”ining debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9560- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |