21-son BHMS ga muvofiq sotish tannarxining hisobi sotish turlariga qarab quyidagi schyotlarda olib boriladi:
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2800 “Tayyor mahsulotlar hisobi schyotlari” kreditlanadi. Yil oxirida 9110- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |