9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida ta’minotchilardan olingan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 6010 “Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida 9140- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
• 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi. Davriy hisob usulida ishlayotgan korxonalarda sotilgan tovarlar tannarxini topish uchun davr oxirida inventarizatsiya o‘tqaziladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMB larning haqiqiy holati ularning davr boshidagi holati bilan taqqoslanadi, natijada TMB lar holatidagi o‘zgarish summasi (kamayish yoki ko‘payish) aniqlanadi. Aniqlangan farq summasi schyot bo‘yicha tuzatish summasini bildiradi. Agar tuzatish kamayish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, o‘rtadagi farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetiga, agar tuzatish ko‘payish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq ushbu schyotning kreditiga yoziladi. Bunda TMB lar schyotlari (1000,1100,2000,2800,2900) mos ravishda kreditlanadi (kamayganda) va debetlanadi (ko‘payganda). Yil oxirida 9150- schyotda to‘plangan summa mos ravishda 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga (ko‘payganda) yoki kreditiga (kamayganda) yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |