3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”-


Download 0.61 Mb.
bet200/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» nomli 2- ilovasida to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 “ Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari” schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib boriladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling