Stf = Std –I
Bu yerda : I – imtiyoz sifatida soliqga tortiladigan daromaddan chegiriladigan harajatlar.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda soliqgacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar tarkibida aks ettirilgan harajatlar (masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq reklama va vakolatlik harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa harajatlari, korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlaridan ko‘rilgan zararlar, ko‘rsatilgan xomiylik summalari va boshqalar) tushuniladi. Bunday harajatlarning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida (020-satr) ko‘rsatishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |