12.2.Hisobot yilining soliqgacha foydasi (zararlari) ning hisobi
21-son BHMS ga muvofiq hisobot yilning soliqgacha foydasi (zarari)ni topish barcha daromad va harajatlarni 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotida aks ettirish va ushbu schyotning debet va kredit oborotlari summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 93109390, 9510-9590, 9710)ning kreditida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130,9410-9430,9610-9690, 9720) ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga, o‘tqaziladi, ya’ni:
Debet 9010-9030,9310-9390,9510-9590 ,9710 Kredit 9900 Debet 9900 Kredit 9110-9190,9410-9430,9610-9690,9720
Agar, 9900 – schyotning kredit oboroti debet oborotidan katta bo‘lsa, u hisobot yilida korxona soliqgacha foydaga, debet oboroti kredit oborotidan katta bo‘lsa, u holda korxona soliqgacha zararga erishgan hisoblanadi.
Turli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va faoliyat turlari bo‘yicha turlicha soliq to‘lovchi korxonalar soliqgacha foyda (zarar) ni faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisoblashlari lozim. Buning uchun daromadlar va harajatlar ham faoliyat turlari bo‘yicha alohida hisobga olib borilgan bo‘lishligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |