12.4.Hisobot yilining sof foydasi (zararlari) va ularni taqsimlanishining hisobi
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotiga foydani ishlatilishi hisobi schyotini, ya’ni 9800 –schyotni, yopilishi bilan korxonaning hisobot yil yakuni bo‘yicha sof foydasi (qoplanmagan zarari)ni aniqlash imkoni bo‘ladi. Buning uchun 9900 –schyotning debet va kredit oboroti taqqoslanadi. Ushbu schyotning kredit oborotini debet oborotdan katta bo‘lishi korxonaning sof foydasini, kredit oborotdan debet oborotini katta bo‘lishi korxonaning qoplanmagan sof zararini bildiradi.
Aniqlangan sof foyda summasi 9900 –schyotning debetiga va 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotining kreditiga o‘tqaziladi. Yil yakuni bo‘yicha zarar bilan chiqilgan bo‘lsa, ushbu zarar summasi 9900- schyotning kreditiga va 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotining debetiga o‘tqaziladi. Ushbu yozuv bilan 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyoti to‘lig‘icha yopiladi.
Hisobot yili oxirida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotida aks ettirilgan sof foyda (qoplanmagan zarar) taqsimlanishi yoki taqsimlanmay qolishi mumkin. Bunday taqsimotni amalga oshirish korxonaning mulkiy va tashkiliy shakliga bevosita bog‘liq hisoblanadi.
O‘rtoqchilik jamiyatlarida, masalan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xususiy korxonalarda, ularning ustavi va ta’sis shartnomalari talablaridan kelib chiqgan holda hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) ta’sischilar yig‘ilishining qaroriga asosan taqsimlanishi yoki taqsimlanmasdan korxona ixtiyorida jamlangan foyda (qoplanmagan zarar) hisobiga qoldirilishi mumkin. Bu tipdagi korxonalarda ta’sischilar yig‘ilishi qaroriga asosan hisobot yilning sof foydasini taqsimlash quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Ta’sischilarga dividend (foiz) ko‘rinishida bo‘lingan sof foyda summasiga Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “
Do'stlaringiz bilan baham: |