Nomoddiy aktivlar deganda, moddiy buyum mazmuniga ega bo‘lmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo‘llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko‘p yillar (bir yildan ortiq) ishlatiladigan mulk ob’ektlari tushuniladi.
Mulk ob’ektlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:
aktiv tushunchasi talablarini qondirishi, ya’ni korxonaning iqtisodiy resursi bo‘la olishligi;
baxolash mumkinligi;
ahamiyatliligi;
to‘g‘riligi;
kelgusida iqtisodiy naf keltirishligi;
mustaqil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, hisobdan alohida chiqarish mumkinligi
Nomoddiy aktivlarning harakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik huquqi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyo mamlakatlarida eng keng tarqalgan va nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etiladigan huquqlarga quyidagilar kiradi:
Patent, nou-xau –bu ishlab chiqilgan buyum, texnologik jarayon, faoliyatga egalik qilish huquqi. Bunday huquqni egalik qiluvchi sub’ektga maxsus patent berish vakolatiga ega Vazirlik yoki idoralar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |