3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish zaxiralarini ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruxlarga ajratish; Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri baxolash; Ishlab chiqarish zaxiralariga kilingan kushimcha harajatlarni (tashib keltirish, boj va soliq to‘lovlari, kurs o‘rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash va boshqalar) to'g'ri hisobga olish, ularni uz vaktida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (kiymatiga) yoki korxona harajatlariga kiritish. Ishlab chiqarish zaxiralari xolati va harakatini to'g'ri, uz vaktida va tegishli boshlangich hujjatlar bilan rasmiylashtirish hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni tug‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish; Ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati bo‘yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash; Ishlab chiqarish zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda kayta ruyxatdan utkazish (inventarizatsiya kilish), uning natijalarini to'g'ri aniklash va hisobga olish; Mavjud ishlab chiqarish zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun omborlarda me’yoridan ortiq zaxiralarni saqlamaslik, ularni qo‘shimcha nobudgarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini to'g'ri hisobga olish; Ishlab chiqarish zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; Arzon baholi buyumlarning eskirishini to‘g‘ri hisoblash, to‘liq eskirgan buyumlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda to‘g‘ri aks ettirish. Ishlab chiqarish zaxiralari 4-son BHMS «Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq ularning tannarxi yoki sotilishini sof qiymatidan biri bo‘yicha eng kichigini tanlash yo‘li bilan baholanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling