Asosiy ishlab chiqarish zahirasi deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi. Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash plyonkasi, shpagat va boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |