6620 “ Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz” – ushbu passiv schyotda korxonaning ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan ulushini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobga olinadi. Schyotning kreditida va 8330 “ Pay va badallar “ schyotining debetida safdan chiqib ketgan ta’sischiga bo‘lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag‘lari va boshqa aktivlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Tahsischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |