Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan 3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarning summasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |