3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Muddati uzaytirilgan harajatlarning hisobi


Download 0.61 Mb.
bet206/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

11.7.Muddati uzaytirilgan harajatlarning hisobi


21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning muddati uzaytirilgan harajatlari asosan uchta turga ajratiladi:



  • Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlar vaqtinchalik farqlar evaziga hisobot davrida qo‘shimcha hisoblanadigan daromad(foyda) solig‘ini oldindan hisoblash natijasida yuzaga keladi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i bir necha yillar uchun yoki kelgusi yil uchun oldindan hisoblanishi mumkin. Bunday soliq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i deb ataladi. Oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hisobot davrida korxonaning byudjet oldidagi qarzini oshishiga olib keladi. Bir yildan ko‘p muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Bir yilgacha muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘ining kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0950- schyotdan 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga o‘tqaziladi. Muddati uzaytirilgan daromad (foyda ) solig‘i summasi to‘lov muddati yetib kelgan davrda byudjet oldidagi qarzlarni kamaytirishga olib boriladi. Bunday kamaytirish 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining debetiga va 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining kreditiga yoziladi. 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debet qoldiq summasi kelgusi yil boshiga byudjet oldidagi qarzni kechiktirilgan daromad (foyda ) solig‘i bo‘yicha kamaytirilishi kerak bo‘lgan summasini ko‘rsatadi.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling