Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 15 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda (daromad) solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‘i hisobkitobining alohida satrida (060-satr) ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘ini o‘ndirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatidaa soliqga tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan harajatlar ning turlari, imtiyoz me’yorlari Soliq Kodeksi va foyda (daromad) solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha Yo‘riqnomada ochib berilgan.
Korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |