Мустақил ишни ташкил этишнинг


Download 43.5 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1095505
Bog'liq
мустакил иш бух лот (2)




TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
«BUXGALTERIYA HISOBI » FANIDAN


MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH


Toshkent – 2022
Mustaqil ishni tashkil etishning
shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim bajariladigan mavzular bo‘yicha savolnomalar tuzish, savollarga foydalanishga tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda yozma tarzda javob berish, qonun, qaror, me’yoriy hujjatlardan foydalanish, har bir mavzu bo‘yicha muammoli masalalarni hal qilish yo‘llarini bayon qilish, tavsiyalar berish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Mustaqil ishni referat, keys-stadi, ma’lumotlarni jadvallarda va grafiklarda aks ettirish, slaydlar ko‘rinishida belgilash, ko‘rgazmali qurollarda aks ettirish va boshqalar orqali bajarish mumkin.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda ushbu fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • yangi dasturiy ta’minotlarni o‘rganish;

  • masofaviy (distansion) ta’lim.

Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.

Quyidagi mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi:



  1. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi (usullari).

  2. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari tasnifi.

  3. Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.

  4. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda yuz beradigan o‘zgarishlar.

  5. Schyotlar tizimi to‘g‘risida tushuncha va ularni turkumlash.

  6. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuvning asoslanishi.

  7. Schyotlar tizimi va balans o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

  8. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi.

  9. Qiymat o‘lchovining mohiyati va uning ahamiyati.

  10. Kalkulyasiya, uning maqsad va vazifalari hamda turlari.

  11. Ta’minot jarayonining hisobi.

  12. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.

  13. Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi.

  14. Buxgalteriya hisobini tashkil etish prinsiplari.

  15. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli.

  16. Xo‘jalik sub’ektlarida hisob siyosatini shakllantirish.

  17. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bosqichlari.

  18. Buxgalterlik hisobining tamoyillari.

  19. Moliyaviy hisob, uning roli va vazifalari.

  20. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi tqg‘risida»gi Qonuni va uning ahamiyati.

  21. Balans, uning ahamiyati, vazifasi va tarkibi.

  22. Buxgalteriya hisobi sub'ektlari va ob'ektlari.

  23. Mablag’lar va ularni shakllantirish manbalarini tasniflashning mohiyati va ahamiyati

  24. Korxona resurslaridan maqbul foydalanishda buxgalteriya hisobining roli.

  25. Buxgalteriya hisobining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi.

  26. Xo’jalik hisobi iqtisodiy axborot tizimi sifatida.

  27. Boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobining ahamiyati

  28. Buxgalteriya ma'lumotlari foydalanuvchilari va ularning o'ziga xos xususiyatlari.

  29. Buxgalteriya balansi va uning tashkilot faoliyatini baholashdagi roli.

  30. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi, vazifalari va funktsiyalari.

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling