3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish


Download 0.61 Mb.
bet235/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

13.3.Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish


Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotning (3-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning asosiy vositalarining, shuningdek ularning eskirishining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot 12 ta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunchalarida asosiy vositalarni guruhlarining nomi va satr raqamlari ko‘rsatiladi. 3 ,4,5,6 –ustunchalarda asosiy vositalarning davr boshidagi qoldig‘i, davr ichidagi kirimi va chiqimi va davr oxiridagi qoldig‘ining summalari boshlang‘ich qiymat bo‘yicha ko‘rsatiladi. Hisobotning 7,8,9,10 – satrlari asosiy vositalar bo‘yicha jamlangan eskirishning davr boshidagi qoldig‘i, davr ichidagi ko‘payishi va kamayishi va davr oxiridagi qoldig‘ining summalarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Hisobotning 11 va 12- satrlarida mos ravishda yil boshiga va yil oxiriga asosiy vositalarning qoldiq qiymatlari, ya’ni boshlang‘ich qiymat va jamlangan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasi, ko‘rsatiladi. Hisobotning 010- satridan to 160satrigacha yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosiy vositalarning alohida guruhlari bo‘yicha beriladi. 170-satrda ushbu ma’lumotlar jami asosiy vositalar bo‘yicha jamlab ko‘rsatiladi. Hisobotning 171 va 172 satrlarida korxonaning asosiy vositalarining holati va harakatiga doir ma’lumotlar ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra guruhlanib ko‘rsatiladi.

Hisobotda asosiy vositalarga sarflangan qo‘shimcha investitsiyalar, shu jumladan tugallanmagan qurilish, to‘g‘risidagi axborotlar ham ma’lumot tariqasida keltiriladi ( 180,181,182,183,190-satrlar).

Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib 0100 “Asosiy vositalar hisobi schyotlari”, 0200 “Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari” , 0300 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi schyotlari”, 0810 “ Kapital qurilish”, 0820 “Asosiy vositalarni sotib olish” schyotlarining ma’lumotlari hisoblanadi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling