Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotning (4-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonada hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘rtta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3 va 4- ustunlarida mos ravishda pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborot bo‘lib, uning birinchi bo‘limida milliy valyutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi bo‘limida esa chet el valyutasidagi pul mablag‘larining holati va harakati O‘zbekiston respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi.
Hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar korxonaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bevosita faoliyat turlari bo‘yicha guruhlashga yo‘naltirilgan. 9-son BHMS “ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq korxonalarning pul oqimlarini asosan quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha guruhlash ko‘zda tutilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |