Bevosita (to‘g‘ri) usul. Ushbu usulda asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini hisoblashda ularning kirimi va chiqimi “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»ning ularga mos keluvchi sof tushum, tannarx, davr harajatlari,soliq to‘lovlari kabi ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘lanadi. Jumladan , pul kirimi sof tushum bilan, pul chiqimlari hisobotning tannarx, davr harajatlari, soliq to‘lovlari kabi moddalari bilan bog‘lanadi. Pul oqimlarini hisoblashda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi va ushbu ko‘rsatkichlar ularga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarish summasiga tuzatiladi. Ushbu tuzatishlar, jumladan, quyidagicha amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |