15-chizma. Auditning predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar
Audit fan sifatida «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Tarmoqlarda buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy tahlil», «Boshqaruv tahlili», «Moliya», «Soliq va soliq solish» va shu kabi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini turli jabxalarini o‘rganuvchi barcha boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu fanlar beruvchi iqtisodiy bilimlarsiz, bir tomondan, audit fanining mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan auditni amaliy faoliyat sifatida o‘tqazib bo‘lmaydi. Bilimdan auditor bo‘lish ushbu tizim xodimlaridan barcha iqtisodiy bilimlar sohalarini nazariy asoslarini, shuningdek amaliy ko‘nikmalarini chuqur bilishni ta’qazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |