Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish deganda shartnomada ko‘rsatilgan ob’ektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvida aniqlangan dalilu-isbotlarni rasmiy hujjatlarda aks ettirish tushuniladi. Ushbu rasmiy hujjatlar bo‘lib auditorning hisoboti va auditorlik xulosasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun»iga muvofiq ( 18-modda) « auditor hisoboti – bu auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tqazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari) ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat».
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditor hisoboti 70-son AFMS «Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq tuziladi.
Ushbu AFMS ga muvofiq auditorning hisoboti quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |