3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet46/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmat harajatlari majmuasi.

BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) quyidagicha aniqlanadi:



  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha

Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat

As = ------------------------------------------------------------- (1)

Xizmat muddati



  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha

Boshlang‘ich qiymat

As = ------------------------------ (2)

Xizmat muddati

Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‘yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‘lishi kerak.

BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash quyidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:



  • Bir maromda hisoblash;

  • Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash;

  • Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul);

  • Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash.

Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi.

Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.







Operatsiyaning mazmuni

Summa

Debet

schet


Kredit schet

Asos bo‘luvchi hujjat

1

Asosiy vositani jo‘natish qiymatiga

700000

4010

9210

Shartnoma, schet-faktura

2

Sotishdan olingan QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi va soliq solish ob’ekti mavjud bo‘lsa)

100000

9210

6410

Shartnoma, schet-faktura

3

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga

600000

9210

0111-

0190


Shartnoma, schet-faktura

4

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

500000

0211-

0290


9210

Shartnoma, schet-faktura

5

Sotishdan olingan foyda

500000

9210

9310

Shartnoma, schet-faktura

Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:



  • Mol-mulkni real mavjudligini aniqlash;

  • Mulkni haqiqiy mavjud holatini hisob ma’lumotlariga mos kelishligini aniqlash:

  • Mulkni hisobda to‘liq aks ettirilganligini aniqlash.

Asosiy vositalarning aniqlangan kamomadlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.

1.Kam chiqgan asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati balansdan chiqarilganda


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling