Mualliflik huquqi – bu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san’at va boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‘paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‘z ichiga oladi.
Litsenziya –bu u yoki bu xo‘jalik faoliyati, xo‘jalik operatsiyasi bilan shug‘ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo‘lib, u korxonaga unda ko‘rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim bo‘lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‘rsatiladi;
Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi qaror va boshqalar);
Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
• Boshqa talab qilingan hujjatlar
Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning tugatilishi bilan litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |