Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari- bu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tqazilgan belgilar, ramzlar bo‘yicha egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi.
Dasturiy ta’minot - bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisobkitoblarni olib borish bo‘yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to‘plami.
Franchayzlar – bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi ko‘rinish va belgilarni qullash bo‘yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus franchayz shartnomasi asosida beriladi. Masalan, ketchup ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini «Baltimor-Chelek» qushma korxonasiga «Baltimor» xolding kompaniyasidan franchayz shartnomasi asosida olgan.
Gudvil - bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki haqqoniy hisob qiymati) o‘rtasidagi farq bo‘lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan ortiq bo‘lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. so‘m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. so‘m, korxonaning majburiyatlari –8 mln. so‘m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so‘m (45-8) bo‘ladi. O‘rtadagi 3 mln. so‘mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi. Gudvil yuqori narxlarda sotib olingan aktivlarni kelgusida katta daromad keltirishi mumkinligi aniq bo‘lgan hollarda samarali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |