3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar


Download 0.61 Mb.
bet55/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar deganda, korxonaning yangi tashkil etilgan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga mablag‘ kiritishi tushuniladi. Korxonalar ta’sis badali sifatida mablag‘larni qizaloq korxonalarga, qo‘shma korxonalarga, uyushgan korxonalarga, qaram jamiyatlarga va boshqa turdagi korxonalarga kiritishlari mumkin. Bu guruh investitsiyalar korxonalarga ta’sis etilgan boshqa korxonalar foydasidan ulush olish ko‘rinishida daromad keltiradi.

Kiritilgan mablag‘larning turiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

• Uzoq muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar ;

• Qiska muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.

Uzoq muddatli aktivlar hisoblangan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar qarz va kredit sifatida, ta’sis badali sifatida turli mulk va shakldagi boshqa korxonalarga investitsiya tarzida kiritilishi mumkin. Qisqa muddatli aktivlardan qimmatli qog‘ozlarga asosan pul mablag‘lari kiritiladi. Qarz va kredit, shuningdek ta’sis badali sifatida qisqa muddatli aktivlarning debitorlik qarzlaridan tashqari barcha turlari kiritilishi mumkin.

Moliyaviy investitsiyalarning barchasiga taalluqli umumiy xususiyatlar mavjud.

Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin.



  1. Maqsadlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar aniq maqsad bilan kiritiladi.

  2. Qaytarishlik – barcha moliyaviy investitsiyalar shartnoma muddati tugagach korxonaga qaytariladi.

  3. To‘lovlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar uchun shartnomaga muvofiq ularni olgan xo‘jalik sub’ekti to‘lov majburiyatini oladi. To‘lov majburiyati faqat ayrim hollarda shartnoma asosida bo‘lmasligi mumkin va bu, odatda, nochor korxonaga moliyaviy yordam bergandagina vujudga keladi.


  4. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling