Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan
Download 31.04 Kb.
|
Yanvar
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sgani ma’lum qilindi.
- Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya
- Iqtisodchi izohi
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mamlakatda 2020 yil birinchi yarmida 4,8 mlrd AQSH dollari xorijiy investitsiyalrni o‘zlashtirilganini ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 mlrd dollarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar — 3,2 mlrd долларни va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o‘sish sur’ati kuzatilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sgani ma’lum qilindi. Vazirlik hisobot davrida 494 ta loyiha ishga tushirilganini qayd etib o‘tdi. Bulardan 28 tasi yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 tasi hududiy ahamiyatga ega sanoat ob’ektlari. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019 yilning shu davriga nisbatan o‘sish — 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o‘sish — 3,6 barobar), AKT (o‘sish — 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o‘sish — 1,5 barobar), kimyo sanoati (o‘sish — 1,3 barobar) va to‘qimachilik sanoati (o‘sish — 1,6 barobar) ham o‘sish dinamikasini ko‘rsatgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o‘sish tendensiyasi mustahkamlandi va hisobot davrida 2 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd dollari asosiy kapitalga yo‘naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi. Viloyatlar kesimida 2020 yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi. Iqtisodchi izohi Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoz qilgan raqamlardan 4,2 barobar (XVJ prognozi — $750 mln, ITSV ko‘rsatkichi — $3,2 mlrd) yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi mamlakat iqtisodiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan va 2020 yildagi o‘sish darajasi 6 foizdan 1,5 foizgacha tushishi prognoz qilingan va bu iqtisodiy o‘sish kulmalari 4 barobar yomonroq bo‘lishi kerakligini anglatishi kerak edi. «Bu joyda tabiiy savol tug‘iladi: nima uchun bizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi oshib boryapti? Butun rivojllanayotgan dunyoda bu raqamlar tushib kelyapti, investorlar rivojlanayotgan bozorlarga ishonishmayapti, lekin bizda hammasi o‘tgan yildan ham yaxshi. Hatto XVJning yillik prognozlarini, yarim yilning o‘zida 4,2 barobarga ko‘proq qilib qo‘yibmiz. Buni siri nimada?», — deya taajublandi Behzod Xoshimov. Shu o‘rinda, iqtisodchi bu raqamlarga alohida e’tibor qaratib, ularni chuqur o‘rganishga talab borligini bildirib o‘tdi. Download 31.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling