3-modda. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari


Download 0.8 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1329689
Bog'liq
1-kazus kh e



1.Ushbu kazusda berilgan vaziyatda uchastka saylov komissiyasi fuqaro Sobirova tomonidan kiritilgan talabni qondirish uchun javobgar emas deb hisoblayman, chunki O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 24- moddasida vakolatlari belgilangan uchastka saylov komissiyasining.
uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi; saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi; saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi; aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi; binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi; saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi; ovozlarni sanab chiqadi; saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Yuqoridagilar uchastka saylov komissiyasining vakolatlari hisoblanadi va unda saylovda kimlar ishtirok etishi haqida fuqarolarga tushuntirish berishi kerak ekanligini belgilanmagan.
2. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi.

3. 5-modda. Teng saylov huquqi


Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling