3-modul: oliy maktabda ta’limni tashkil etish shakllari. 11-mavzu: ma’ruza va uni tashkil etish shakllari


Download 0.63 Mb.
bet5/17
Sana04.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1325822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-15mavzular

1. Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o'rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog'liq, bugungi darsga qanday maqsad qo'yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog'lanadi. Keyin yangi mavzu e`lon qilinadi. Ma`ruza rejasi, mustaqil o'qish uchun zarur asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o'rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ra­vishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma`ruza rejasiga ko`ra tanlangan dars o`tish metodlarini qo`llagan holda o`tkaziladi. Tinglovchilarga mo'ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3. Yakuniy bosqich. Ma`ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xu­losa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e`tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, hodisalar ta`kidlanadi. Qo'yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma`ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko`rsatiladi. Ma`ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: kirish, mavzular bo'yicha, yo`l-yo`riq ko`rsatadigan, tahliliy, yakunlovchi ma`ruzalarga bo'lish mumkin.
Kirish ma`ruzasi ma`lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o'rganishga bag'ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqi­dagi flkrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko'rsatiladi. O'rganishni boshlangan fanning predmeti, o'rganish metodlari bo'yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo'la oladi.
Mavzular bo'yicha ma`ruzalar - eng ko'p o'qiladigan ma’ruza bo'lib, unda o'rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amali­yotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayotgan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo'llari ko'rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.
Yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi ma`ruza - talabalarga mustaqil ish­lash ni o'rgatishga qaratiladi. Unda ko'proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o'qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo'lgan masalalar ko'rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko'pincha oliy o'quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtihon-attestatsiyalar oldidan o'tkaziladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling