3-modul: oliy maktabda ta’limni tashkil etish shakllari. 11-mavzu: ma’ruza va uni tashkil etish shakllari


Download 0.63 Mb.
bet1/17
Sana04.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1325822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-15mavzular


3-MODUL: OLIY MAKTABDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.
11-MAVZU: MA’RUZA VA UNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
REJA:
1.Ma’ruza va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.Ma’ruzalaning kelib chiqish tarixi.
3.Ma’ruzaning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni va unga qo‘yiladigan asosiy talablar. 4.Zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni.

Tayanch tushunchalar: qadimgi Gretsiya, oʻquv maʼruzasi, jamoali o‘qitish, N.I.Pirogov, o‘qitishning “faol” va “nofaol” turlari, ma’ruza o‘qitishning funksiyalari, ma’ruzalarni o‘tkazishga qat’iy talablar, ma’ruzalarning xususiyatlari, Kahoot dasturi.

Oliy ta’limda ma’ruzalarni yuzaga kelish tarixi XIII - XIV asrlardan boshlab Yevropada birinchi universitetlar tashkil etilganda, ma’ruzalar o‘qitishning asosiy bir shakli sifatida yuzaga keldi va u hozirgi kunga qadar oliy ta’lim tizimida o‘qitishning yetakchi shakli sifatida o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda. Ma’ruza dastlab qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan bo‘lib, keyinchalik o‘rta asrlarda qadimgi Rimda rivojlandi.
XV asrda jamoali o‘qitishni tashkil etish g‘oyasini Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek davom ettiradi. Mutafakkir o‘zining madrasalarida individual mashg‘ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo‘lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda o‘z sohasida mashhur bo‘lgan olim mudarris (o‘qituvchi-professor) o‘qiydi, amaliy mashg‘ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o‘qituvchi) olib boradi. O‘qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan. Samarqand madrasasida ma’ruzalarni allomaning o‘zi va qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlari o‘qiganlar. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, georafiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin “jamoa” usulida ham o‘zining salbiy tomonlari bo‘lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur bo‘lgan guruhli-laboratoriya metodida bo‘lgani kabi o‘zlashtirishni individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o‘zlashtirmagan ba’zi shogirdlar ham ilg‘orlar qatorida bir qo‘llanmani o‘rganishdan boshqasini o‘rganishga o‘z-o‘zidan o‘tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar.
XIX asr o‘rtalariga kelib, nazariy va texnikaviy bilimlarning rivojlanishi talabalarning mustaqil izlanishlari hamda faolligini oshirish maqsadida ma’ruzalarni amaliy mashg‘ulotlar bilan to‘ldirish zarurligini talab etdi. Shu sababli, ma’ruzalar talabalarga o‘quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlashga yo‘naltiruvchi mashg‘ulot turi sifatida qarala boshlandi.
Taniqli rus xirurgi va pedagog N.I.Pirogov ko‘rsatganidek, ma’ruza qachonki ma’ruzachi mutlaqo yangi ilmiy materiallarga yoki alohida nutq qobiliyatiga ega bo‘lsagina, yaxshi ma’ruza deb tan olinishi mumkin.
XIX asrning o‘rtalariga kelib Rossiyaninng ayrim oliy o‘quv yurtlarida tajriba sifatida ma’ruza mashg‘ulotlari o‘quv rejasidan chiqarildi. Lekin, ushbu holat o‘zini oqlamadi, talabalarning bilim darajasi keskin pasaydi. XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib o‘qitish uslublari “faol” va “nofaol” turlarga ajratila boshlandi. Ma’ruzalarda talabalar faqat eshitish imkoniyatiga ega ekanliklari, o‘zlari mavzu bo‘yicha hech bir ma’lumot qo‘shish, o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatlari kamligi sababli, ma’ruza o‘qitishning “nofaol” shakliga kiritilib, ma’ruzalar o‘qitish davomida muhim rol o‘ynamaydi degan fikrlar ham paydo bo‘lgan. Ijtimoiy muhitning o‘zgarishi va ta’lim jarayonidagi tezkor o‘zgarishlar ta’limning tashkiliy shakli va modeliga ham ta’sir etdi. Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzaga o‘quv jarayonida yetakchi o‘rin berilgan va fan uchun ajratilgan o‘quv yuklamasining deyarli 1/2 yoki 1/3 qismi ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ajratilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling