3-modul: oliy maktabda ta’limni tashkil etish shakllari. 11-mavzu: ma’ruza va uni tashkil etish shakllari


Download 0.63 Mb.
bet3/17
Sana04.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1325822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-15mavzular

Birinchi guruh sharti ma’ruza mazmuni va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
Ma’ruzalarni o‘tkazishga qat’iy talablar qo‘yiladi:
1. Ma’ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
2. Ma’ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
3. Ma’ruza ilmiy faktlar va ma’lumotlarga boy bo‘lishi kerak.
4. Ma’ruzada fan-texnikaning eng so‘nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
5. Ma’ruza uchun materiallar chuqur o‘rganilgan holda tanlanishi kerak.
6. Ma’ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
7. Ma’ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, o‘tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob'ektiv baho berish zarur.
Ikkinchi guruh shartlari ma’ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
1. Ma’ruzachi aniq g‘oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. Ma’ruzachi umumiy va ilmiy, intellectual salohiyatga ega bo‘lishi kerak.
3. Ma’ruzachi ma’ruzadagi ma’lumotlarni erkin holda o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
4. Ma’ruzachi o‘z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvchan bo‘lishi zarur.
5. Ma’ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog‘liqligi (talabalar diqqatini o‘ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yo‘lga solish va boshqalar) mavjud bo‘lishi kerak.
Ma’ruza o‘qiyotgan pedagog talabalarga “jonli” bilimni yetkazadi, ya’ni u mavzu bo‘yicha axborot yoki ma’lumot bermaydi, u olim, o‘z sohasini egasi, targ‘ibot qiluvchi notiq va auditoriyani to‘liq his qiluvchi tarbiyachi sifatida chiqish qiladi. Aytish lozimki, hozirgi zamonaviy axborot va kommunikatsion vositalar ma’ruza o‘rnini bosa olmaydi, fanning ilmiy va tarbiyaviy xususiyatlarini, auditoriya holatini, bilishning psixologik qonuniyatlarini, tinglovchi tomonidan eshitilgan ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini, tinglovchining dunyoqarashini, hissiyotini va e’tiqodini yangi axborot texnologiyalari imkoniyatlari bir vaqtda hisobga ola olmaydi.
Shu sababli hozirgi sharoitda ma’ruzalarning quyidagi xususiyatlari oshib bormoqda:

          • axborot berish, uzatish (mavzu bo‘yicha to‘g‘ridan - to‘g‘ri axborot va ma’lumotlar beriladi);

          • motivatsion ( fanga, bilimga ehtiyoj, nazariyaga ishonch va o‘rganiladigan mavzuning amaliy ahamiyatiga qiziqishni uyg‘otish);

          • tashkiliy - yo‘naltiruvchi (manbalar va o‘quv adabiyotlariga yo‘naltirish, mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha maslahatlar);

          • kasbiy-tarbiyaviy (kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbiy etika va maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish);

          • metodologik (tushuntirish, tahlil qilish, interpretatsiya va oldindan bilishning ilmiy uslublari);

          • baholash va rivojlantiruvchi (fikrlash, idrok qilish, munosabat bildirish, baholash qobiliyatlarini shakllantirish).

Hozirgi kunda ma’ruzaning axborot berish, uzatish funksiyasi o‘z ta’sirini yo‘qotmoqda. Bu albatta, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida turli xil axborot manbalarining yuzaga kelganligi bilan bog‘liqdir. Shunga bog‘liq holda ma’ruzaning yo‘naltiruvchi hamda mustaqil ta’limga ehtiyoj oshishi bilan metodologik funksiyasining roli ham oshib bormoqda. Yuqoridagilarga bog‘liq holda ma’ruzachi o‘z ma’ruzasini rejalashtirishda ma’ruzaning funksiyasini birlamchi deb olishi muhim hisoblanib, ma’ruza sifati hamda samaradorligini belgilaydi.
Umuman, “Zamonaviy ma’ruzalar qanday bo‘lishi kerak (What is modern lecture) ?” –degan savolga, quyidagicha javob berish mumkin:
ma’ruza - kuchli esda qoladigan bahs, diskussiya;
ma’ruza - yangi yoki eski muammolar bo‘yicha aniq loyihalangan va bahs qilinmaydigan qaror va tasdiqlardir;
ma’ruza - aniq o‘zaro munosabat, fikr almashish;
ma’ruza - nazariya va shaxsiy tajribalar kombinatsiyasi;
ma’ruza - zamonaviy ma’ruza o‘ta “moslanuvchan” bo‘lmog‘i lozim;
ma’ruza - bu mavzuni yaxshi biladigan va nimanidir bilishni juda xohlovchilar o‘rtasidagi dialog;
ma’ruza - professional tomonidan o‘qish davomida talabalar guruhini fikrlashga undovchi, qandaydir muammo ustida tanqidiy va faol o‘ylashga, tafakkur qilishga undovchi jarayon.
Ma’ruza - “jonli” nutq, uni o‘rnini hech qanday axborot uzatuvchi vosita bosa olmaydi, u “jonli” muloqot.
Xulosa qilib aytganda talaba hozirgi axborotlar makonida zarur va kerakli ma’lumotlarni mustaqil ola olmaydi, u adashishi mumkin, ma’ruza unga yo‘l ko‘rsatadi. Lekin, ma’ruza eski an’anaviy usulda mavzu materiallarni “o‘qib berish” bo‘lib qolmasligi kerak.
Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning “nofaol” usulidan “faol” usuliga o‘tmog‘i, bahs, munozara, suhbat, muhokama shaklida amaliy ishlarning uyg‘unligi, ya’ni interaktiv usullarda tashkil etilmog‘i lozim. Shu sababli hozirgi vaqtdagi ko‘plab innovatsion uslublar o‘qitishning interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Ma’ruza paytida talabalarning diqqatini tushuntirilayotgan mavzu doirasida ushlab turish, tushuntirilayotgan mavzuni qanchalik o‘zlashtirilayotganligini bilish va shunga qarab, ma’ruza o‘qishni davom ettirishda pedagoglardan katta mahorat talab etiladi. Respublikamiz OTM reyting nazorati orqali talabalar bilimini baholash yo‘lga qo‘yilganligi tufayli ba’zida faqat ma’ruzalar o‘qish bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar talabalarning o‘zlashtirishini baholashga qiynaladilar. Buning sababi ma’ruza o‘qiyotgan o‘qituvchi ma’ruza mazmunini talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirilayotganini o‘z vaqtida bilmaydi. Natijada talabaning bilimiga berilayotgan baho obyektiv bo‘lmay qoladi. Ma’ruzaning bir qismi tushuntirilib bo‘lingach, shu qism bo‘yicha qisqa tezkor savol-javob o‘tkazish orqali ma’ruzaning o‘zlashtrilishini aniqlash va talabalarning berilgan savollarga individual javob qaytarishlari asosida ularning bilimiga baho berish ma’ruza jarayoni samarasini keskin oshiradi. Ma’ruza paytida talabalarga savollar bilan murojaat qilish va ularni avvaldan tayyorlab qo‘yilgan savollarga javob qaytarishga undash ularni tushuntirilayotgan mavzuni diqqat bilan tinglashlari va tezlikda berilayotgan savollarga javob izlashga undaydi.
Ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’ruza o‘qish paytida qisqa savol-javoblarni o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy vosita bilan ishlashni ko‘rib chiqaylik. Bunday dasturiy vositalardan biri Internet tarmog‘ida joylashtirilgan Kahoot dasturidir. Dastur ma’ruza o‘qiyotgan o‘qituvchiga ma’ruza o‘qish jarayonida ma’ruza bo‘yicha tezkor savol-javob o‘tkazish imkoniyatini beradi. O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan savol va javoblar auditoriyadagi ekranda aks etadi. Tinglovchilar esa o‘zlaridagi telefon yoki kompyuterlari orqali berilgan savolning javobini tanlaydilar. Savol-javoblardan olingan natijalar auditoriyadagi ekranda aks etadi. Tizim onlayn rejimida ishlaydi.
Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining rolini oshirish bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o‘zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o‘zgartiradi, o‘rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o‘qitish usullarini qo‘llash, shuningdek, har bir kishining ta’lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling