Javoblar: Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari


Download 234.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi234.61 Kb.
#1395785
  1   2   3
Bog'liq
Tillayev Farxod



96-2 MMT talabasi Tillayev Farhod
17-variant 
1. Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari 
2. Qog‘oz pullar va ularni kredit pullaridan farqlari 
3. Cheklar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar 
Javoblar: 
 1.Ilk 
merkantilistlarning 
nazariy 
qarashlari
Bu 
siyosatning muhim 
namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, 
florensiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy 
organizmning qoniga o'xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), organizm 
o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o'zini oqlamadi (XVII 
asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan 
almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. Albatta oltin va kumush 
pullarning ahamiyati yo'qolmagan, ammo endi imkon boricha chetga ko'proq mahsulot 
sotib, aksincha chetdan kamroq keltirish siyosati olib borildi, ya'ni faol va ijobiy 
savdoga amal qilindi. Buni proteksionizm siyosati deyiladi (erkin savdoga qarama-
qarshi). Bu siyosatni ayniqsa Angliya keng qo'llagan. Rivojlangan merkantilizm yoki 
savdo balansi nazariyasi XVI asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asrning 
o'rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-
1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlang'ich maskantni tashkil 
etadi, ya'ni P-T-P. T.Mannning fikricha har bir savdo kapitalisti o'z pulini ma'lum foyda 
olish uchun oborotga qo'yadi. Shunday yo'l bilan, ya'ni savdo yo'li bilan boyish kerak. 
Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import) dan ortiq bo'lishi zarur. Ishlab 
chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, 
foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan.
Ba'zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo'l, ya'ni ssuda 
kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlarning g'oyalari burjua 
siyosiy iqtisodining avvalgi davr qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e'tiborni 
muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga 


keladi, buni keyinroq ko'ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil 
namoyon bo'lsa ham o'ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. 

Download 234.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling