3-modul topshiriqlari
Download 167.34 Kb. Pdf ko'rish
|
modul3
3-MODUL TOPSHIRIQLARI Guruh roʻyxatidagi raqamingizga mos variantda koʻrsatilgan masala uchun JavaScriptda sinflardan foydalangan holda dastur tuzing. Tuzgan dasturingiz kodi va ishlash natijasidan screenshot olib, HEMISda javob sifatida yuklang. Dasturingizga video tavsif tayyorlab, oʻqituvchiga topshiring. VARIANTLAR 1. Tic-tac-toe oʻyinining kompyuter va foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro oʻynaladigan variantini JavaScriptda hosil qiling. Bunda sinflardan foydalanish, sinf maydonlari va metodlari qoʻllanilishi ta’minlansin. 2. Kompyuter tasodifiy bir sonni oʻyladi. Foydalanuvchi bu sonni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan sonni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son kiritilganida, dasturingiz bu son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 3. Foydalanuvchi 100 gacha boʻlgan ixtiyoriy sonni oʻyladi. Kompyuter esa bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan son oʻylangan son bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan sonni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 4. 3x3 oʻlchamdagi jadval hosil qiling. Shunday dastur tuzingki, dasturingiz ushbu jadvalga 1 dan 9 gacha boʻlgan sonlarni shunday joylashtirsinki, natijada jadvaldagi har bir satr, har bir ustun va 2 ta asosiy diagonaldagi sonlar yig’indisi 15 ga teng boʻlsin. Dastur ishga tushirilganida foydalanuvchi bu jadvalning ixtiyoriy bitta katagiga shu sonlardan birini yozadi. Qolgan kataklar dasturingiz tomonidan toʻldiriladi. Agar buning iloji boʻlmasa, dastur bu haqida ogohlantirsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 5. Foydalanuvchi tomonidan n soni kiritiladi (3 ≤ n ≤ 15). 1 dan n 2 gacha boʻlgan sonlarni nxn oʻlchamdagi kavadrat matritsaga spiral usulida toʻldiruvchi script yozing. Natija browserda jadval shaklida chop etilsin. Scriptda sinflardan foydalanilsin. 6. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadval kataklarini tasodifiy qiymatlar bilan toʻldiruvchi script yozing. Jadval oxiridan yana bir satr qoʻshilsin va toʻldirilgan jadvaldagi yigʻindisi eng katta boʻlgan ustundagi qiymatlar nusxasi yangi qoʻshilgan satrga joylashtirilsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 7. Kompyuter tasodifiy bir harf oʻyladi. Foydalanuvchi bu harfni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan harfni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan harf kiritilganida, dasturingiz bu harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 8. Foydalanuvchi lotin alifbosidagi ixtiyoriy harfni oʻyladi. Kompyuter esa bu harfni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan harfni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan harf oʻylangan harf bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan harfni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 9. Quyidagi koʻrinishda 10 ta arifmetikdan savollar toʻplami berilgan: Download 167.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling