3-modul topshiriqlari
Download 167.34 Kb. Pdf ko'rish
|
modul3
// Arifmetikadan savollar to'plami
const questions = [ { question: "3 x 5?", answer: 15 }, { question: "10 / 2?", answer: 5 }, { question: "12 + 18?", answer: 30 }, { question: "6 - 4?", answer: 2 }, { question: "2 x 8?", answer: 16 }, { question: "7 + 3?", answer: 10 }, { question: "5 x 7?", answer: 35 }, { question: "9 - 6?", answer: 3 }, { question: "16 / 4?", answer: 4 }, { question: "15 + 13?", answer: 28 } ]; JavaScritda shunday dastur tuzingki, ushbu savollar toʻplamini tasodifiy ravishda foydalanuvchiga beradi. Foydalnuvchining javobi boʻyicha uning ballarini hisoblab, dastur soʻngida uning toʻplagan balini e’lon qiladi. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 10. Kompyuter 1 dan 1000 gacha boʻlgan tasodifiy bir butun sonni oʻyladi. Foydalanuvchi bu sonni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan sonni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son kiritilganida, dasturingiz bu sonni oʻylangan songa boʻlganda qoladigan qoldiq haqida xabar chiqarsin. Toʻgʻri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 11. Foydalanuvchi 1000 gacha boʻlgan ixtiyoriy butun sonni oʻyladi. Kompyuter esa bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan son oʻylangan son bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son sonni oʻylangan songa boʻlganda qoladigan qoldiq haqida foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan sonni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 12. Kompyuter tomonidan berilgan matnni foydalnuvchi qancha vaqtda kiritib boʻlganligini aniqlovchi script yozing. Matnni kiritishda sarflangan vaqt va xatoliklar soni chop etilsin. Scriptni yozishda sinflardan foydalanilsin. 13. JavaScriptda sinflardan foydalangan holda kompyuter va inson oʻrtasida quyidagi oʻyin dasturi tuzilsin: "Rock Paper Scissors" - bu o'yin uchta tanlovni o'z ichiga oladi: "tosh", "qog'oz" va "qaychi". Ikki o'yinchining har biri o'z belgisini tanlaydi va belgilarni ko'rsatish orqali yutuvchi aniqlanadi. Scriptni yozishda sinflardan foydalanilsin. 14. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadvalni n 2 gacha boʻlgan butun sonlar bilan tasodifiy toʻldiruvchi dastur tuzing. Jadvalga yana bir satr qoʻshing. Ushbu satrda mos ustunlardagi sonlarning EKUBI chop etilsin. Scriptni yozishda sinflardan foydalanilsin. 15. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadvalni n 2 gacha boʻlgan butun sonlar bilan tasodifiy toʻldiruvchi dastur tuzing. Jadvalga yana bir ustun qoʻshing. Ushbu ustundada mos satrlardagi sonlarning EKUBI chop etilsin. Scriptni yozishda sinflardan foydalanilsin. 16. Massiv sinfini yarating. Ushbu sinfda aniqlangan metod elementlari soni n 2 ga teng boʻlgan massivni qiymati 100 dan kichik tasodifiy butun sonlar bilan toʻldirsin. Massiv elementlari chop etilsin. Ushbu sinfdan Matritsa nomli sinfni voris oling. Matritsa sinfida aniqlangan metod, massivni oʻsish tartibida saralab, nxn kvadrat matritsa spiral shaklida toʻldirsin. 17. Kompyuter tasodifiy bir sonni oʻyladi. Foydalanuvchi bu sonni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan sonni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son kiritilganida, dasturingiz bu son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 18. Foydalanuvchi 100 gacha boʻlgan ixtiyoriy sonni oʻyladi. Kompyuter esa bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan son oʻylangan son bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan sonni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 19. 3x3 oʻlchamdagi jadval hosil qiling. Shunday dastur tuzingki, dasturingiz ushbu jadvalga 1 dan 9 gacha boʻlgan sonlarni shunday joylashtirsinki, natijada jadvaldagi har bir satr, har bir ustun va 2 ta asosiy diagonaldagi sonlar yig’indisi 15 ga teng boʻlsin. Dastur ishga tushirilganida foydalanuvchi bu jadvalning ixtiyoriy bitta katagiga shu sonlardan birini yozadi. Qolgan kataklar dasturingiz tomonidan toʻldiriladi. Agar buning iloji boʻlmasa, dastur bu haqida ogohlantirsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 20. Foydalanuvchi tomonidan n soni kiritiladi (3 ≤ n ≤ 15). 1 dan n 2 gacha boʻlgan sonlarni nxn oʻlchamdagi kavadrat matritsaga spiral usulida toʻldiruvchi script yozing. Natija browserda jadval shaklida chop etilsin. Scriptda sinflardan foydalanilsin. 21. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadval kataklarini tasodifiy qiymatlar bilan toʻldiruvchi script yozing. Jadval oxiridan yana bir satr qoʻshilsin va toʻldirilgan jadvaldagi yigʻindisi eng katta boʻlgan ustundagi qiymatlar nusxasi yangi qoʻshilgan satrga joylashtirilsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 22. Kompyuter tasodifiy bir harf oʻyladi. Foydalanuvchi bu harfni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan harfni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan harf kiritilganida, dasturingiz bu harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 23. Foydalanuvchi lotin alifbosidagi ixtiyoriy harfni oʻyladi. Kompyuter esa bu harfni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan harfni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan harf oʻylangan harf bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan harfni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 24. Quyidagi koʻrinishda 10 ta arifmetikdan savollar toʻplami berilgan: Download 167.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling