3-modul topshiriqlari


Download 167.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi167.34 Kb.
#1475563
  1   2   3
Bog'liq
modul3



3-MODUL TOPSHIRIQLARI 
Guruh roʻyxatidagi raqamingizga mos variantda koʻrsatilgan masala uchun 
JavaScriptda sinflardan foydalangan holda dastur tuzing.
Tuzgan dasturingiz kodi va ishlash natijasidan screenshot olib, HEMISda 
javob sifatida yuklang. 
Dasturingizga video tavsif tayyorlab, oʻqituvchiga topshiring. 
VARIANTLAR 
1. Tic-tac-toe oʻyinining kompyuter va foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro 
oʻynaladigan variantini JavaScriptda hosil qiling. Bunda sinflardan foydalanish, sinf 
maydonlari va metodlari qoʻllanilishi ta’minlansin. 
2. Kompyuter tasodifiy bir sonni oʻyladi. Foydalanuvchi bu sonni necha 
urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan sonni topish dasturi 
sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda 
foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son kiritilganida, dasturingiz bu son 
oʻylangan sondan katta yoki kichikligi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida 
esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 
3. Foydalanuvchi 100 gacha boʻlgan ixtiyoriy sonni oʻyladi. Kompyuter esa 
bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter 
foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan son oʻylangan son 
bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi 
foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter 
oʻylangan sonni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 
4. 3x3 oʻlchamdagi jadval hosil qiling. Shunday dastur tuzingki, dasturingiz 
ushbu jadvalga 1 dan 9 gacha boʻlgan sonlarni shunday joylashtirsinki, natijada 
jadvaldagi har bir satr, har bir ustun va 2 ta asosiy diagonaldagi sonlar yig’indisi 15 
ga teng boʻlsin. Dastur ishga tushirilganida foydalanuvchi bu jadvalning ixtiyoriy 
bitta katagiga shu sonlardan birini yozadi. Qolgan kataklar dasturingiz tomonidan 
toʻldiriladi. Agar buning iloji boʻlmasa, dastur bu haqida ogohlantirsin. Dasturda 
sinflardan foydalanilsin.
5. Foydalanuvchi tomonidan n soni kiritiladi (3 ≤ n ≤ 15). 1 dan n
2
gacha 
boʻlgan sonlarni nxn oʻlchamdagi kavadrat matritsaga spiral usulida toʻldiruvchi 
script yozing. Natija browserda jadval shaklida chop etilsin. Scriptda sinflardan 
foydalanilsin. 
6. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadval kataklarini tasodifiy qiymatlar bilan 
toʻldiruvchi script yozing. Jadval oxiridan yana bir satr qoʻshilsin va toʻldirilgan 
jadvaldagi yigʻindisi eng katta boʻlgan ustundagi qiymatlar nusxasi yangi qoʻshilgan 
satrga joylashtirilsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 
7. Kompyuter tasodifiy bir harf oʻyladi. Foydalanuvchi bu harfni necha 
urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan harfni topish dasturi 
sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda 
foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan harf kiritilganida, dasturingiz bu harf 
oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi haqida xabar 
chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 


8. Foydalanuvchi lotin alifbosidagi ixtiyoriy harfni oʻyladi. Kompyuter esa bu 
harfni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter 
foydalanuvchi oʻylagan harfni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan harf oʻylangan 
harf bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi 
boʻyicha keyin yoki oldin kelishi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi 
yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan harfni topganida necha urinishda 
topganligini xabar qilsin. 
9. Quyidagi koʻrinishda 10 ta arifmetikdan savollar toʻplami berilgan: 

Download 167.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling