3-modul topshiriqlari


Download 167.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi167.34 Kb.
#1475563
1   2   3
Bog'liq
modul3

// Arifmetikadan savollar to'plami 
const questions = [ 
{ question: "3 x 5?", answer: 15 }, 
{ question: "10 / 2?", answer: 5 }, 
{ question: "12 + 18?", answer: 30 }, 
{ question: "6 - 4?", answer: 2 }, 
{ question: "2 x 8?", answer: 16 }, 
{ question: "7 + 3?", answer: 10 }, 
{ question: "5 x 7?", answer: 35 }, 
{ question: "9 - 6?", answer: 3 }, 
{ question: "16 / 4?", answer: 4 }, 
{ question: "15 + 13?", answer: 28 } 
];
JavaScritda shunday dastur tuzingki, ushbu savollar toʻplamini tasodifiy 
ravishda foydalanuvchiga beradi. Foydalnuvchining javobi boʻyicha uning ballarini 
hisoblab, dastur soʻngida uning toʻplagan balini e’lon qiladi. Dasturda sinflardan 
foydalanilsin. 
10. Kompyuter 1 dan 1000 gacha boʻlgan tasodifiy bir butun sonni oʻyladi. 
Foydalanuvchi bu sonni necha urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. 
Oʻylangan sonni topish dasturi sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari 
qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son 
kiritilganida, dasturingiz bu sonni oʻylangan songa boʻlganda qoladigan qoldiq 
haqida xabar chiqarsin. Toʻgʻri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida 
xabar chiqarsin. 
11. Foydalanuvchi 1000 gacha boʻlgan ixtiyoriy butun sonni oʻyladi. 
Kompyuter esa bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. 
Bunda kompyuter foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan 
son oʻylangan son bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son sonni oʻylangan songa 
boʻlganda qoladigan qoldiq haqida foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi 
yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan sonni topganida necha urinishda 
topganligini xabar qilsin. 
12. Kompyuter tomonidan berilgan matnni foydalnuvchi qancha vaqtda kiritib 
boʻlganligini aniqlovchi script yozing. Matnni kiritishda sarflangan vaqt va 
xatoliklar soni chop etilsin. Scriptni yozishda sinflardan foydalanilsin. 
13. JavaScriptda sinflardan foydalangan holda kompyuter va inson oʻrtasida 
quyidagi oʻyin dasturi tuzilsin: "Rock Paper Scissors" - bu o'yin uchta tanlovni o'z 
ichiga oladi: "tosh", "qog'oz" va "qaychi". Ikki o'yinchining har biri o'z belgisini 


tanlaydi va belgilarni ko'rsatish orqali yutuvchi aniqlanadi. Scriptni yozishda 
sinflardan foydalanilsin. 
14. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadvalni n
2
gacha boʻlgan butun sonlar bilan 
tasodifiy toʻldiruvchi dastur tuzing. Jadvalga yana bir satr qoʻshing. Ushbu satrda 
mos ustunlardagi sonlarning EKUBI chop etilsin. Scriptni yozishda sinflardan 
foydalanilsin.
15. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadvalni n
2
gacha boʻlgan butun sonlar bilan 
tasodifiy toʻldiruvchi dastur tuzing. Jadvalga yana bir ustun qoʻshing. Ushbu 
ustundada mos satrlardagi sonlarning EKUBI chop etilsin. Scriptni yozishda 
sinflardan foydalanilsin. 
16. Massiv sinfini yarating. Ushbu sinfda aniqlangan metod elementlari soni 
n
2
ga teng boʻlgan massivni qiymati 100 dan kichik tasodifiy butun sonlar bilan 
toʻldirsin. Massiv elementlari chop etilsin. Ushbu sinfdan Matritsa nomli sinfni voris 
oling. Matritsa sinfida aniqlangan metod, massivni oʻsish tartibida saralab, nxn 
kvadrat matritsa spiral shaklida toʻldirsin. 
17. Kompyuter tasodifiy bir sonni oʻyladi. Foydalanuvchi bu sonni necha 
urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan sonni topish dasturi 
sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda 
foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan son kiritilganida, dasturingiz bu son 
oʻylangan sondan katta yoki kichikligi haqida xabar chiqarsin. To’g’ri topilganida 
esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 
18. Foydalanuvchi 100 gacha boʻlgan ixtiyoriy sonni oʻyladi. Kompyuter esa 
bu sonni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter 
foydalanuvchi oʻylagan sonni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan son oʻylangan son 
bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan son oʻylangan sondan katta yoki kichikligi 
foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi yordamida kiritilsin. Kompyuter 
oʻylangan sonni topganida necha urinishda topganligini xabar qilsin. 
19. 3x3 oʻlchamdagi jadval hosil qiling. Shunday dastur tuzingki, dasturingiz 
ushbu jadvalga 1 dan 9 gacha boʻlgan sonlarni shunday joylashtirsinki, natijada 
jadvaldagi har bir satr, har bir ustun va 2 ta asosiy diagonaldagi sonlar yig’indisi 15 
ga teng boʻlsin. Dastur ishga tushirilganida foydalanuvchi bu jadvalning ixtiyoriy 
bitta katagiga shu sonlardan birini yozadi. Qolgan kataklar dasturingiz tomonidan 
toʻldiriladi. Agar buning iloji boʻlmasa, dastur bu haqida ogohlantirsin. Dasturda 
sinflardan foydalanilsin.
20. Foydalanuvchi tomonidan n soni kiritiladi (3 ≤ n ≤ 15). 1 dan n
2
gacha 
boʻlgan sonlarni nxn oʻlchamdagi kavadrat matritsaga spiral usulida toʻldiruvchi 
script yozing. Natija browserda jadval shaklida chop etilsin. Scriptda sinflardan 
foydalanilsin. 
21. nxn (3 ≤ n ≤ 15) oʻlchamdagi jadval kataklarini tasodifiy qiymatlar bilan 
toʻldiruvchi script yozing. Jadval oxiridan yana bir satr qoʻshilsin va toʻldirilgan 
jadvaldagi yigʻindisi eng katta boʻlgan ustundagi qiymatlar nusxasi yangi qoʻshilgan 
satrga joylashtirilsin. Dasturda sinflardan foydalanilsin. 
22. Kompyuter tasodifiy bir harf oʻyladi. Foydalanuvchi bu harfni necha 
urinishda topa olishini aniqlovchi script yozing. Oʻylangan harfni topish dasturi 
sinflar, sinf maydonlari, konstruktor va metodlari qoʻllanilgan holda yozilsin. Bunda 


foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan harf kiritilganida, dasturingiz bu harf 
oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi boʻyicha keyin yoki oldin kelishi haqida xabar 
chiqarsin. To’g’ri topilganida esa, necha urinishda topganligi haqida xabar chiqarsin. 
23. Foydalanuvchi lotin alifbosidagi ixtiyoriy harfni oʻyladi. Kompyuter esa 
bu harfni topish uchun eng kam urinishlar sarflashini ta’minlang. Bunda kompyuter 
foydalanuvchi oʻylagan harfni taxmin qiladi. Agar taxmin qilingan harf oʻylangan 
harf bo’lmasa, kompyuter taxmin qilgan harf oʻylangan harfdan alifbodagi tartibi 
boʻyicha keyin yoki oldin kelishi foydalanuvchi tomonidan prompt() metodi 
yordamida kiritilsin. Kompyuter oʻylangan harfni topganida necha urinishda 
topganligini xabar qilsin. 
24. Quyidagi koʻrinishda 10 ta arifmetikdan savollar toʻplami berilgan: 

Download 167.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling