3-modul. Yong‘in xavfsizligi asoslari 10-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari reja


Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari


Download 36.76 Kb.
bet8/9
Sana08.11.2023
Hajmi36.76 Kb.
#1756701
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-modul. Yong‘in xavfsizligi asoslari 10-ma’ruza. Yong‘in xavfsi-fayllar.org

Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari. Yong‘inni aniqlashni avtomat vositalari (YOAAV) va yong‘inni o‘chirishni avtomat vositalari (YOO‘AV), agar yong‘in tashkilotning barcha ishlariga ta`sir etishi hamda katta moddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hollarda ko‘llaniladi. Bunday ob`ektlarga energetik «qurilmalar, markaziy gaz stantsiyalari, engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stantsiyalari, xom-ashyo omborlari va yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m2 dan ortiq bo‘lgan binolar kiradi.
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari. Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Ular asosan, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida o‘rnatiladi. Sprinkler qurilmalari joylashtirilgan xonalarga bosim ostida suv o‘tkazuvchi quvurlar va bu quvurlarga sprinkler qalpog‘i o‘rnatiladi. Yong‘in sodir bo‘lsa, issiqlik ta’sirida sprinkler ishga tushadi, ya’ni suv chiqish tirqishi ochilib suv sepa boshlaydi. Suv chiqarish teshigidan ma’lum masofaga o‘rnatilgan doira shaklidagi to‘siq suvning keng ko‘lamda sachrashini ta’minlaydi. Har bir sprinkler boshchasi 6-12m.kv. maydonga suv sachratib, o‘t o‘chirishni ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan korxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inlarning 90% o‘t o‘chirish komandalari kelgunga qadar o‘chirilishi mumkin.
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalari ham mavjud. Bu qurilmalarning sprinkler qurilmalaridan farqi unda engil eruvchan qulfli qurilma joylashtirilmaydi. Ularni ishlatish, asosan, suv o‘tkazish kranlarini ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydalaniladigan o‘t o‘chirish moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, gazli) uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo‘linadi: o‘ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o‘rta inertsiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inertsiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog‘liq holda qisqa va ta`sir etuvchi (15 minutgacha), o‘rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo‘linadi.


Download 36.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling