3-modul. Yong‘in xavfsizligi asoslari 10-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari reja


Download 113.13 Kb.
bet5/9
Sana02.02.2023
Hajmi113.13 Kb.
#1146868
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10 mavzu (1)

Yong‘inga qarshi to‘siq.
Sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va qayta ta`mirlash jarayonlarida yong‘inga qarshi tashkiliy, texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ushbu yong‘inga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlar qatoriga, yong‘inga qarshi to‘siqlarni ko‘rsatish va ularni korxonani loyihasini tayyorlashda hamda qurilish jarayonida, qurilish me`yorlariga rioya qilgan holda tatbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yong‘inga qarshi to‘siqlar tarkibiga, yong‘inga qarshi devorlar, bino eshiklari va derazalari, sanoat korxonalariga va bevosita binolariga kiruvchi asosiy hamda yordamchi darvozalar, lyuklar, tambur – shlyuzlar kiradi.
Yong‘inlarga qarshi to‘siq vositalari, yong‘inga qarshi tura oladigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va quyidagi o‘tga chidamlilik chegarasi darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Material va konstruktsiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi chegarasi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Sinalayotgan konstruktsiya o‘rganilib uni ma`lum vaqtgacha, yong‘in vaqtida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan haroratda qizdiriladi.
Bunda qurilish konstruktsiyasida ba`zi bir o‘zgarishlar ro‘y berishi, ya`ni konstruktsiyada yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Shu vaqtlarning davomiyligiga qarab materiallarining o‘tga chidamli-lik darajasi quyida belgilanadi.
Yong‘inga qarshi asosiy devorlar-2,5 soat, eshik-deraza va darvozalar-1,2 soat, asosiy bo‘lmagan devorlar-0,75 soat, asosiy bo‘lgan devordagi eshik, derazalar, shuningdek tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlarga, o‘tga chidamlilik chegarasi, yuqoridagi talablar asosida bajariladi.
Evakuatsiya yo‘llari.
Har bir korxona uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida kishilarni u erdan o‘z vaqtida talofatsiz chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan yo‘llari loyihalanadi.
Evakuatsiya yo‘llari har qanday korxona uchun albatta eng kamida ikkita bo‘lishi kerak.
YOng‘in bo‘lgan taqdirda ishchi-xizmatchilar korxona binosidan eng qisqa yo‘l orqali belgilangan qisqa vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.
SNiP II-2-80 asosan korxonalardan tashqariga chiqib ketish yo‘llari, koridorlari va bino qavatlaridan tushish yo‘llari hisoblab chiqiladi.
Evakuatsiya yo‘llarining eni 1m dan, eshiklarning eni 0,8 m, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.

Individual evakuatsiya yo‘llari
Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Korxonalarni loyihalashda insonlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljal-langan zinapoyalarni favqulodda vaziyatlardan saqlanish talablari asosida joylashtirish shart.
Masalan, zinapoya o‘rnatilgan bino mintaqalarida tutun to‘planmay-digan bo‘lishi, ya`ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomini ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta`minlovchi texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak va zina mintaqalari binodan ajratilgan bo‘lib,tashqi tomondan yoritilgan bo‘lishi mumkin.
Butunlay xavfsizlik to‘siqlari bilan to‘silmagan zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo‘lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatiladi.
SNiP II-2-80 asosida, binolarning foydalanilishiga va konstruktsiya-larining o‘tga chidamliligiga asoslanib, vaqt chegaralari belgilanadi.



  1. Download 113.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling