3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо‟yicha bazalar sinfi
Bularga о‟rnatuv, yо‟naltirgich, tayanch, qо‟shaloq yо‟naltirgich va qо‟shaloq
tayanch bazalar (sxemalari 10.1-rasm , 10.2-rasm va 10.10-rasmlarda kо‟rsatilgan)
kiradi:
- о‟rnatish bazasi-tanavorni yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum
etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishi va boshqa ikki koordinata
о‟qlari atrofida aylanish harakatlaridan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- yо‟naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan
mahrum etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishidan va boshqa о‟q
atrofida burilish harakatidan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- tayanch baza-tanavorni yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum
etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishidan yoki о‟q atrofida burilish
harakatidan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- qо‟shaloq yо‟naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni tо‟rtta erkinlik
darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о‟qlari bо‟ylab kо‟chishidan va
shu о‟qlar atrofida aylanma harakatlaridan, 10.2-rasm va 10.9-rasmlargaga qar.);
-qо‟shaloq tayanch baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan
mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о‟qlari bо‟ylab kо‟chishlaridan, 10.3-rasm va
10.10-rasmlarga qarang).
10.9-rasm.Qo‟shaloq yo‟naltiuvchi baza sxemasi
10.10-rasm. Qo‟shaloq tayanch baza shemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |