3. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari
1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan
sharoitlarda yaratiladi.
2. Mavjud zavodlarni rekonstruksiyalashda yaratiladi.
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob‟ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi.
Ishlab turgan zavodlarda о‟zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik
jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi zavod uchun yoki
rekonstruksiyalashtirilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha
loyihaning asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni,
ishlab chiqarish maydonini, еnergetikani, trasport vositalarini, ishchi kuchini, material va
sh.о‟. aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy kо‟rsatkichi, ishlab chiqilgan
texnologik jarayonning mukammallik darajasiga bog‟liq.
Mavjud zavodlarda, yangi ob‟ektlar qо‟yilganda texnologik jarayon ishlab
chiqishdan avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning
asosida mavjud kerakli jihozlar, kerakli ishchi kuchi, asboblar, transport vositalari va
boshq. ning ishlatilish imkoniyatlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |