28
(2 soat)
M a‟ r u z a rejasi:
1.Aniqlik tushunchasi;
2. Aniqlikka erishish usullari:
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‟lchash" usuli (sinov qirindisi
olish va o‟lchash);
B. Aniqlikka
avtomatik erishish usuli;
3.Aniqlikka ta‟sir etuvchi asosiy faktorlar.
Adabiyotlar: [ 2 ] – 26-31 betlar, [ 4 ] – 60-69 betlar.
Tayanch so‟zlar: 1. Aniqlik. 2. Sinov qirindisi. 3. O‟lchash. 4. Xatolik. 5.
Sozlash. Limb. 7. Aniqlikka avtomatik erishish.
1. Aniqlik tushunchasi
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o‟lchamlarini ishchi
chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o‟lchamlariga mos kelish darajasiga
aytiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta‟siridan turlicha noaniqliklar
va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val
tipidagi detallarda ko‟rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo‟ylama kesimi yo‟nalishi
bo‟yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko‟ndalang
kesimi bo‟yicha ovalsimon hamda ko‟pqirralik shakl xatoliklari bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: